Madaniyat millatning borligini bildirib turadi. Muzeylar esa milliy madaniyatning yorqin namunasi, davlat tarixining tirik guvohlarini saqlovchi, o‘rganuvchi va ommaga namoyish etuvchi maskan hisoblanadi.
Muzeylar nafaqat tomoshabinlar uchun tarixga sayohat qilish imkonini taqdim qiluvchi maskan, balki ular bir vaqtning o‘zida ulkan ilmiy laboratoriya hamdir. Muzeylar fondlari va arxivlarida tariximizga taalluqli bo‘lgan, o‘z tadqiqotchisini kutib turgan bir necha yuz minglab manbalar mavjud.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar uchun Termiz shahridagi muzeylarga sayohat tashkil etildi. Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan bu yerda saqlanayotgan qimmatbaho eksponatlar haqida askarlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu sayohat yosh harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.
S. Xolmamatov,
harbiy xizmatchi