Tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Katta hayotiy tajribaga ega, turmush sinovlarida toblangan, ko‘pni ko‘rgan yoshi ulug‘ insonlarning purma’no o‘gitlari, ko‘magi va maslahatlari yosh avlodning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib kamolga yetishi, jamiyatda munosib o‘rin topishida beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan har bir mahallada yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, ijtimoiy faol bo‘lgan nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Yoshlar bizning kelajagimiz” va “Nuroniylar bellashuvi” nomli shartlar asosida savol-javob, bahs-munozaraga kirishdi. Ishtirokchilarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Natijaga ko‘ra Xurriyat mahallasi ishtirokchisi Rajaboy O‘rinova  tanlovda g‘olib deb topildi va  I darajali diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi. Viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Shuningdek, Besh qahramon mahallasi ishtirokchisi Sh. Umarov II darajali diplom va pul mukofoti, Navbahor mahallasi ishtirokchisi L.Mo‘minov III darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ulug‘bek, Bo‘ston, Halaki, Hunarmandlar, Bog‘aro mahallasi ishtirokchilari ham tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

 Boymurod Abdimo‘minov,

“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi