“TALABALAR BAHORI”DA TUMANIMIZ YOSHLARI

Termiz shahrida yoshlik, shijoat, porloq kelajak mujassam bo‘lgan yoshlar uchun yangi festival tashkil etildi. Bu yil birinchi marta “Talabalar bahori” yoshlar festivali o‘tkazildi. Unda bilimlarga chanqoq, g‘ayrat-shijoati to‘lib toshgan yoshlar erta tongdan kechgacha turli sport turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalarda qatnashdi. Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya o‘rganayotgan o‘g‘il-qizlar orasida Qumqo‘rg‘on tumani yoshlarining borligi quvonarli. Qumqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov boshchiligidagi bir guruh vakillar “Talabalar bahori” yoshlar festivalida tumandoshlarimizning munosib ishtirok etishiga hissalarini qo‘shdi. Viloyat hokimi sport musobaqalarining yakunida g‘oliblar va sovrindorlarni mukofotladi.