YANGI TAYINLOV

Xidayev Norali Babamuradovich Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on  tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Norali Xidayev 31.08.1968-yil Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

1989-yil Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi davolash ishi.

Ish faoliyati davomida, 1990-1993 yy – Surxondaryo viloyati 1-son shifoxonasi ko‘krak qafasi xirurgiya bo‘limi xirurg shifokori.

1995-1997 yy – Surxondaryo viloyati 1-son shifoxonasi uslubiy metodik bo‘lim boshlig‘i.

2005-2008 yy – Surxondaryo viloyati 1-son shifoxonasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

2013-2017 yy Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh vrachi lavozimida ishlab kelgan.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati