TUMAN KENGASHINING OLTMISH TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining 64-sessiyasida  tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Anvar Normamatov raislik qildi.

Sessiya kun tartibida tuman hokimining o‘rinbosari Abdurashid Mirzayev Qumqo‘rg‘on tumanida yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmagan, qoloqlikka yo‘l qo‘ygan va shartnomaviy majburiyatlarni bajarmagan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Shunungdek, tuman hokimining o‘rinbosari Normo‘min Allanazarov, Qumqo‘rg‘on tumani Fuqarolik sudi raisi Fazliddin Xidirov, Qumqo‘rg‘on tumani Iqtisodiy sudi raisi Abbos Xolmo‘minov, tuman Majburiy ijro buyurosi rahbari Komil Xolmo‘minovlarning hisoboti tinglandi. Deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar. Shundan so‘ng, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.