QUMQO‘RG‘ON TUMANI HOKIMINING QARORI

2022 yil 22 dekabr        532-8-114-Q22 Qumqo‘rg‘ tuman hokimligi

Tumanda 2023- yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekistan Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-sonli Qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 9- martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (keyingi oʻrinlarda – Nizom) muvofiq transport vositalarining 2023-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida,

Q A R O R      Q I L A M A N:

1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.

2. Tumanda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2023-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Transport vositalari qoʻyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:

tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi engil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;

ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha (o‘n to‘rtinchi yili ham) bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari)  — ikki yilda bir marta;

ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari, ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n besh yil va undan ortiq bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;

tirkamalar texnik koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;

ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha (o‘ninchi yili ham) bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi;

ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar transport vositalarini DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda), ularning agregat raqamlari texnik hujjatlarga mosligi tekshiriladi.

4. Mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:

birinchi marta – 1-mart – 30-iyunda;

ikkinchi marta – 1-sentabr – 31-oktabrda oʻtkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boshqa transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar – 31-dekabrda oʻtkaziladi.

5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga transport vositalarining texnik koʻrikdan oʻtkazishda:

transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) koʻrsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligi;

transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi;

maxsus va tezkor xizmatlarning transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek, transport vositasining rang-grafik boʻyash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi;

gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirilishini ta’minlasin.

6. Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi DYHXX organlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan Nizomga muvofiq oʻtkaziladi hamda tegishli yigʻim undiriladi.

Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat koʻrsatish stantsiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.

Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

7. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali asosida transport vositalarini texnik jihatdan sozligini oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.

8.Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.

9. Tuman hokimining 2022-yil 31- martdagi 82-8-114-Q/22-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

10. Mazkur qaror “Qumqoʻrgʻon sadosi” gazetasida rasman e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari J.Shapulatov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi                      A. Normamatov