Mashhur olimga ikkita savol
berishibdi:
– Insoniyatning qaysi harakati sizni hayratga solgan?
Olim birma-bir sanay boshladi:
– Bolalikdan zerikadilar va tezroq ulg‘ayishga shoshiladilar. Vaqti kelib, bolalikni sog‘inadilar;
– Pul topaman deb sog‘likni yo‘qotadilar, ammo sog‘likni qaytarish uchun yana pul sarflaydilar;
– Ertangi kunni o‘ylab havotir oladilar-u bugunni unutadilar. Shuning uchun ham na bugunni, na ertani deb yashaydilar. Dunyodan yashamagandek o‘tib ketadilar.
Gal ikkinchi savolga keldi
– Siz ularga nimani tavsiya qilasiz?
Olim javob berdi:
– Hech kimni o‘zingizni yaxshi ko‘rishga majburlamang;
– Muhimi, hayotda ko‘p narsaga ega bo‘lish emas, kam narsaga ehtiyoj sezishdir;
– Sizni yaxshi ko‘radigan insonlar ko‘pchilik. Ammo ular tuyg‘ularini qanday ifoda etishni bilmayotgan bo‘lishlari mumkin;
– Ba’zan boshqalar tomonidan kechirilibgina qolmay, o‘zingizni kechira olishingiz ham kerak.
Gul suvga oshiq bo‘ldi. Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi. Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi. Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi. Suv:
– Men ham seni sevaman – dedi…
Gul kasal bo‘lib, so‘lib qoldi. Suv bu holni ko‘rib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima bo‘lgan ekan? – deb so‘radi. Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi – dedi… Bundan shu narsa tushuniladi-ki, ishq faqatgina «seni sevaman!» – deb aytishlikdan iborat emas ekan. Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir…