Mushtipar va yolg‘iz ona hayotidan nolimaydi. Rizqi oz bo‘lsa ham sog‘-salomat yurganidan Yaratganga ming-bor shukr deydi. Ko‘zining nuri hayotining quvonchi borlig‘i-yu ishongan tog‘i yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li omon bo‘lsa bas.
Ona va bola ekvatorga yaqin o‘lkalarning birida yashashadi. Yil bo‘yi qurg‘oqchilik. Faqat yomg‘ir mavsumidagina suv ne’mati serob bo‘ladi. Onaga marhum eridan birgina uy meros qolgan xolos uning ham tomi yo‘q eski ta’mirtalab holatda. Farzandi tug‘ilganidan buyon to‘rt yil qurg‘oqchilik bo‘lib nomigagina yomg‘ir yoqqan edi.
Ertalabdan onaning ko‘ngli g‘ash chehrasi ma’yus tortdi: osmonni bulut qoplagandi. Shamol to‘xtab yomg‘ir sharros quydi. Momaqaldiroq ovozidan cho‘chib uyg‘ongan jajji bolakay onasining pinjiga kirib uni mahkam quchoqladi.
Ona boshdan oyoq ividi. U o‘zidan emas ko‘proq bolasining shamollab qolishidan xavotirda edi. Shunday holatda yashashsada ona o‘z o‘g‘liga go‘zal tarbiya bergan odobini chiroyli qilib boriga qanoat qilib hayot kechirishga o‘rgatgandi. Vaziyatdan chiqish uchun atrofiga sinchiklab qaradi. Yog‘och eshikni joyidan ko‘chirdida devorga qiya qilib tiradi va o‘g‘li bilan eshik ostiga berkindi. Shunda bolakayning ko‘zlari porladi. Bolalarcha samiymiyat bilan “Oyijon yaxshiyam eshigimiz bor eshigi yo‘q odamlar yomg‘ir yoqqanda nima qilishar ekan-a?” dedi. Ona o‘g‘liga jilmayib qaradi: “Alloh mehribon bolam”. Ikkovlari yomg‘irga termulganicha Allohning marhamatidan quvonishdi.
Qanoat borga shukr qilish emas balki yo‘qligida ham sabr qilishdir. Payg‘ambarimiz s.a.v. bunday derdilar: “Boylik mol-u dunyoning ko‘pligida emas balki ko‘ngilning to‘qligidadir.” (Imom Buxoriy). Qanoatli mo‘min faqirlikdan qo‘rqmaydi va baxillik ham qilmaydi. Bu hikoyadagi ona-bola faqirlik va yo‘qchillikda hayot kechirsada lekin qanoat sababli ularning turmushi go‘zal ko‘ngillari xotirjam oilasi tinch hayoti farovon.
Alloh-razzoq zot. Bandalariga rizq berish uning zimmasida. Biz har qancha urinmaylik taqdir qilinganidan ortig‘iga erisholmaymiz. Agar Alloh bergan ozmi ko‘pmi narsaga qanoat qilsak ikki dunyoda ham kamlik bo‘lmaydi. Bugun sizga qancha rizq beriladi, mana shunga qanoat qiling, haddan tashqari yelib-yugurmang, ya’ni ibodat vaqtini, ota-onaning ko‘nglini ovlash paytini, oila bilan bo‘lish vaqtini farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish vaqtini qanoatsizlik qilib ortiqcha rizq uchun emas balki oilangiz farovonligi uchun sarf eting. Bebaho umringizni bekorga sarflamang. Zero, har bir vaqtning soniyaning hisob kitobi bor.
Hozirda ko‘pchiligimiz to‘ylarimizga e’tibor beradigan bo‘lsak, bechora uylanadigan yigitning yohud qizning ota-onasi ortiqcha xoyu havasni deb o‘zini sochini uchigacha qarzga botirib, odamlar uchun to‘y berishadi. Maqsad o‘g‘lini uylantirish yoki qiz chiqarish emas, uku bir bahona, balki shuncha paytdan beri uni kamsitib kelgan oshnalariga o‘zining kimligini ko‘rsatib qo‘yish, xotini esa qo‘shnilarni lol qoldirish, qudalar bir biriga kim o‘zarga musobaqalashish. Borini berib qizingni kuyovga chiqaraver desangiz ba’zilar odamlar u deydi bu deydi bitta-yu bitta qizimiz degan so‘zlarni bahona qilishsa ba’zan noqobil farzand ota-onani jabrga qo‘yib uni qilib bermasang uylanmayman buni qilib bermasang tegmayman deyishadi. Lekin ikki yoshning baxti oilasi shu bilan to‘kis bo‘ladimi? Bu orada esa yosh oila zimmasiga qarz ustiga qarz, foiz ustiga foiz. Ko‘ribsizki, chillasi chiqmagan kelin-kuyov uzoq-uzoqlarga borib qarzdan qutulish g‘amida. Xullas barchasiga qanoatsizligimiz sababdir balki.
Payg‘ambarimiz s.a.v. hadislarida “Qaysi biringiz tongda uyqudan uyg‘onganda oilasi tinch, tani sog‘ va uyida bir kunlik egulik bo‘lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam ekan” deganlar.
Allohga behisob shukr bugun yurtimiz tinch turmushimiz farovon xayotimiz go‘zal. Bizdan talab qilinadigani shu ne’matlarga shukr qilib qanoat va sabr ila yashash. Zero, Alloh Qur’oni karimda “Agar sizlar mening bergan ne’matlarimga shukr qilsalaringiz men uni ziyoda qilurman” degan. Alloh yurtimizga tinchligimizni abadiy barchalarimizga oilamizni farovon hayotimizni go‘zal farzandlarimizni barkamol bo‘lmog‘ini nasib qilsin.
Zokirxon Omonov,
tumandagi Muxtorxon hoji jome masjidi imom xatibi