Davlat gerbi  –  g‘ururimiz ramzi

Davlat gerbi g‘urur va faxrimiz, Vatanimizning beqiyos ramzidir. Davlat gerbi har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi tumsoli hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi» qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan » Davlat gerbi  –  g‘ururimiz ramzi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda milliyligimiz, o‘zligimiz, mustaqilligimiz ramzi hisoblangan Davlat gerbining tarixi, bugungi kundagi ahamiyati, gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, boy tarixiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirganligi, shuningdek unda O‘zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o‘ziga xos tarzda ifoda etilganligi haqida so‘z bordi.

-Davlatimiz ramzini har ko‘rganimda o‘zgacha g‘urur va iftixorni o‘zimda his qilaman, – deya ta’kidlaydi katta  serjant Yu. Isakov.

Ajdodlarimiz azaldan yurt gerbini muqaddas bilib,  uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, gerb ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

                                                    S. Xolmamatov,                                                    harbiy xizmatchi