“Yuksalish” umummilliy harakati hududiy bo‘linmasi tomonidan  jamoatchilik eshituvi

“Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi zalida Surxondaryo viloyati hokimligi  kichik va yoshlar sanoat zonalarini  boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi  davlat muassasasi hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi  direksiyasi davlat unitar korxonasi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilish yuzasidan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Eshituvdan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan “Viloyatda chegaraoldi hududlarning mavjud imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda sanoat salohiyatini oshirish maqsadida maxsus sanoat zonalar faoliyatini kengaytirish”, Jumladan, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududida qiymati 43,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 7 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirish va 14 ta yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi bandining  ijrosi  yuzasidan  amalga  oshirilgan vazifalar yuzasidan  mas`ul tashkilotlarning axboroti  tinglandi.

Xususan, Surxondaryo viloyati hokimligi  kichik va yoshlar sanoat zonalarini  boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi davlat muassasasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shmcha  chora-tadbirlar to‘g‘risda”gi PF-6244-sonli Farmoniga asosan Boysun tumani Darband, MFY Qorobog‘, MFY hududidan qurilish materiallariga  ixtisoslashtirilgan kichik sanoat  zonalari  tashkil  etilganligi hamda Termiz erkin iqtisodiy zonasi  direksiyasi davlat unitar korxonasi tomonidan esa 2022 yilda amalga oshirilgan Termiz EIZ hududida jami qiymati 13,98 mln dollarga teng bo‘lgan 4 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, bular quyidagilar:

1. Jami qiymati 0,3 mln dollarga teng bo‘lgan “Nova-Farm” MCHJ qo‘shma korxonasining nul sikldan tabletka holatidagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga  qo‘yilgan, 35 nafar  ish  o‘rin  yaratilgan.

2. Jami qiymati 0,3 mln dollarga teng bo‘lgan «Angor-Farm» MCHJning Dorivor o‘simliklar plantatsiyasini barpo etish, 4 turdagi gigienik mazlar va 3 turdagi tabletka shaklidagi BFQ ishlab chiqarish yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lib 10 ta ish  o‘rin  yaratilgan.

3. Jami qiymati 11,2 mln dollarga teng bo‘lgan “Indenim Textili” MCHJning tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lib 200 nafar xotin-qiz  ish o‘rni  bilan  ta`minlangan.

4. Jami qiymati 2,18 mln dollarga teng bo‘lgan «GENERATION PHARMA SERVICES» MCHJ qo‘shma korxonasining qo‘y junidan lanolin substansiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi  doirasida 20  ta  ish o‘rni  yaratilganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  berildi.

Tashkil etilgan jamoatchilik eshituvida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a`zosi, hamda viloyat  kengashi  deputatlari, NNT rahbarlaridan iborat  bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha jamoatchilik guruhi a’zolari hamda  ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Jamoatchilik monitoringi hamda eshituv natijalari jarayonlarida yig‘ilgan tahliliy ma`lumotlar xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etildi.

            Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi