Oq yo‘l senga bitiruvchi

Qumqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida 2 yil davomida kasb-hunar sirlarini o‘rgangan bitiruvchi o‘quvchi yoshlari uchun «Oq yo‘l senga bitiruvchi»nomli diplom tarqatish tadbiri o‘tkazildi.Ushbu tadbirda kasb-hunar  maktabining direktor va o‘rinbosarlari, o‘quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqishdi. So‘zda bitiruvchi yoshlarni katta hayotga qadam qo‘yishlari bilan tabriklab, kasb-hunar maktabi ma’muriyati tomonidan imtiyozli va oddiy diplomlar tarqatildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki kasb-hunar maktabimizni bu yil 172 nafar o‘g‘il-qizlar bitirishmoqda. Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinmagan holatda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyat olib borishlari mumkin. Yana bir bor «Oq yo‘l senga bitiruvchi!».

                                                               Alisher SAFAROV,

                                 2-son kasb-hunar maktabi direktori