Ishchi guruh faoliyatidan

Barchamizga ma’lumki, maktablarda til va kasb o‘rgatishni rivojlantirish choralari belgilandi. Maktab o‘quvchilarini kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Tumanimizdagi 2- maktabda Ikkita xorijiy til va bitta  kasb-hunarga o‘quvchilarni o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi tomonidan ishchi guruh tanishdi. Xonalarning jihozlanishi va yangi o‘quv yilida o‘quvchilar talabiga asosan yangi jihozlar bilan ta’minlanish holati bo‘yicha tushunchalar berildi. Tuman hokimi o‘rinbosari N.Allanazarov o‘quvchilar uchun ularning kelajakda o‘z o‘rinlarini topishida bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar o‘z natijasini berishini ta’kidlab o‘tdi.