ISTE`DODLAR KAMOLIDA MUHIM JARAYONLAR

Iste`dod – inson faoliyatining ko‘ngilga xush yoquvchi, tafakkurni ezgu fazilatlar, namunali xatti-harakatlar bilan rivojlantiruvchi noyob qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega kishilar publitsistika, badiiy usullarda ijod qilib o‘zi va o‘zgalar uchun ibratli asarlarni yozib, taqdim etadi. Mazmunli maqola, she`r, hikoya o‘qiganingizda vaqtingiz chog‘ o‘tganidan, o‘zingizga asqotadigan jihatlarni o‘rganganingizdan xursand bo‘lasiz. Faoliyatingizda qo‘llab namunali hulqingiz, ezgu ishlaringiz, quvonarli yutuqlaringiz bilan odamlarga yoqasiz.

Iste`dodning ahamiyati cheksiz. Ijodkor insonlarni kamolga yetkazuvchi, el orasida obro‘sini oshiruvchi, ular e`tirof etuvchi, hurmat qiluvchi shaxs bo‘lib yetishadi.

Jurnalist, shoir, yozuvchi bo‘lishga qobiliyati bor inson uchun jamiyatda qulayliklar yaratilgan. Bir vaqtlar birgina Toshkent davlat Universitetida Jurnalistika fakulteti bo‘lib kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarga 25 nafardan talaba o‘qishga qabul qilinardi. Hozir O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika yo‘nalishida hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham ko‘p fakultet faoliyat yuritmoqda. Uchta oliy ta`lim muassasasida jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha o‘qish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi iste`dodli yoshlar o‘zi qiziqqan yo‘nalishda o‘qish uchun imkoniyatni yanada kengaytirdi. Iste`dodlarni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga yetkazilib, umumta`lim muassasalari, yoshlar tashkilotlariga vazifalarni belgilab berdi. Yosh iste`dodlarni kashf etish uchun ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yilgan.

Iste`dod egasi o‘z  ijodiy matnini yozib matbuot va ommaviy axborot vositalariga olib kelsa tajribali ijodkorlarning maslahati, yordami bilan iste`dodi rivojlandi. Jurnalistika ixtisosligiga oid ijodiy mehnatdan bahramand bo‘lib mustaqil hayotda mustahkam odimlaydi. Iste`dod o‘tkinchi emas, orzu-havas qilib ijod xursandchiligidan zavqlanib, keyinchalik uni butunlay tashlab ketmaslik kerak. Ijodni davom ettirib o‘z o‘rnini turli mavzularda asarlar yozgan holda topadi.

Ijodiy muhit haqida ham ikki og‘iz gap. Sog‘lom fikrlovchi odamlar muhit iste`dodning rivojlanishida zarur ekanligini yaxshi biladi. Sog‘lom muxitda jurnalist, shoir, yozuvchi bo‘lib yetishishni xohlovchi avlod uchun ayni muddao. Mahalliy sharoitda ustozlardan dastlabki ko‘nikmalarini o‘rgangan iste`dod egasi bosqichma-bosqich ta`lim-tarbiya muassasasi-yu ijodiy tashkilotlarda bilim va tajribasini oshirsa mahoratli, taniqli ijodkor bo‘ladi. Mafkuraviy ahamiyatga ega bu ishda xayrixohlik, sobitqadamlik orzularning ro‘yobga chiqishi, yosh avlodning to‘g‘ri kamolga yetishi uchun kamarbastalik vazifasini o‘taydi. Aholining badiiy, publisistik asarlarga ehtiyoji bor. Ularni qondirishga iste`dodlarning mehnatlari natijasida erishiladi.

                                                                                           N. MUHAMMADIYEV