BOG‘CHADA NAVRO‘Z NISHONLANDI

Navro‘z – yangi kun deb ataluvchi go‘zal mavsum kelganligi barchga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. Ma`lumki, Navro’z bayrami milliy bayram hisoblanib har yili yurtimizda keng nishonlanadi. Bu bayramda qozonlarda sumalaklar pishiriladi. Bayramda turli sayllar uyushtiriladi, milliy o‘yinlardan kurash tushiladi. Chillaki o‘yin, oq terakmi ko‘k terak o‘yinlari o‘ynaladi. Bog‘chalarda mehnat qilayotgan tarbiyachilar va jajji tarbiyalanuvchilar ham o‘zlarining qadrdon maskanlarida qutlug‘ bayramni nishonladi. Tumandagi 1-davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida “Navro‘zi olam muborak” nomli bayram tadbiri bo‘ldi.  Tadbirda bolajonlar she’r aytishdi, raqslarga tushishdi. O‘ynab, quvnab bayramni xursand kutib oldi.

                                                                Oylar DONAYEVA,

Termiz davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish sirtqi ta’lim o‘zbek tili  yo‘nalishi 1818-guruh talabasi