Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida so‘z yuki, mas`uliyati mujassam. Har kuni mana shunday sharafli vazifani bajarib kelayotgan soha xodimlari borki, ularsiz jamiyatni tasavvur qilish qiyin. Shubhasiz bu ommaviy axborot vositalari xodimlaridir!

27 iyun- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan  mahalliy OAV xodimlari   taqdirlandi.Tuman hokimi Anvar Normamatov soha xodimlarini bayram bilan muborak etib, faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tiladi. Tadbir so‘nggida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta`minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ayniqsa, taraqqiyot va ijtimoiy hayot voqeliklarini xalq ommasiga yetkazishda televidenie, radio, internet hamda bosma nashrlarning o‘rni beqiyos.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasablarimizni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz. Bayram, muborak, aziz Hamkasblar! Qalamingiz hamisha o‘tkir bo‘lsin!

                                                               Rayhon Mengziyayeva