Qumqo‘rg‘on tumanida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Qumqo‘rg‘on tumanining 3-sektor hududiga qarashli “Cho‘kirli” mahallasini namunali hududga aylantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O. Jiyanov, tuman Kengashi deputati R. Mengziyayeva, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

“Cho‘kirli” mahallasida obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ichimlik suvi, uy-joy kadastri va boshqa muommolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, tashkilot rahbarlari ishtirokida aniqlangan muommolarni  joyida bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.