Deputat nazorati

Deputat xalq vakilidir, u xalq va saylovchilar manfaatini ko‘zlaydigan, haqiqatan ham xalq dardi bilan yashaydigan inson. Zotan, deputat har doim xalq bilan bo‘lishi, hamnafas faoliyat yuritishi lozim.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashi deputatlari Q.Chorshanbiyev, M.Nomozov, B.Jo‘rayev, R.Mengziyayevalar tumanda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari holati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Sherozi mahallasi hududida joylashgan 31- sonli maktabda 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish hamda ushbu maktabni rekonstruksiya qilish ishlari  “Dinora” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Sherozi mahallasi hududidagi 79-sonli maktab binosi rekonstruksiya qilinib 180 o‘rinli qo‘shimcha bino “Mukammal invest ta’mirlash” xususiy korxonasi tomonidan qurilmoqda. Ariqoshgan mahallasi hududidagi 40-sonli maktabda 300 o‘rinli  yangi bino “Fayz paxta servis” MCHJ tonidan barpo etilmoqda. Ushbu  maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar yangi o‘quv yilini yangi ta`mirlangan zamonaviy sinfxonalarda ta’lim olish bilan boshlashadi.

O‘rganish jarayonida qurilish obyektlaridagi mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etishdi.

                                    Rayhon Mengziyayeva,

                                tuman Kengashi deputati