Bandixon tuman adliya bo‘limiga fuqaro Boltayev Abduraxmon murojaat qilib pensiya tayinlashda 1981-1985 yillarda Denov tumanida ishlagan davridagi ish haqlari qaydnomasi Bandixon tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘arma bo‘limi tomonidan hisobga olinmaganligidan norozi bo‘lib ushbu davrdagi ish haqlarini sud tartibida belgilashda amaliy yordam so‘radi. Tuman adliya bo‘limi mazkur murojaatni o‘rganib chiqib fuqaro Boltayev Abduraxmonning manfaatini ko‘zlab sudga ariza kiritdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan 1981-1985 yillardagi ish haqi qaydnomalari unga tegishli ekanligi belgilab berilib fuqaroning huquqlari sud qarori bilan tiklandi.
F. Xidirov,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi
R. Xurramov
Bandixon tuman adliya bo‘limi boshlig‘i