O‘quv mashg‘ulotlari bo‘lmoqda

 2023-yil 9-iyul kuni bo‘ladigan muhim siyosiy jarayonni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun Qumqo‘rg‘on tumanida 70 ta saylov uchastkasi faoliyat yuritmoqda. Saylovni milliy qonunchiligimiz doirasida ochiq, oshkora o‘tkazish uchun tuman markazidagi 2-son umumta’lim maktabida boshlangan mashg‘ulotda 210 nafar tinglovchi guruhlarga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Ular saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv-amaliy qo‘llanmalar bilan ta’minlandi. Malakali trener Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonun hujjatlari bilan tanishtirilmoqda. 

Tumanda tashklil etilgan na’munali saylov uchastkalarida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilar test savollariga javob berib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi. O‘quv-seminar qizg‘in davom etmoqda.

                                                                    O‘z muxbirimiz