BAXTIMIZ – SOLNOMASI

Har bir davlat o‘z mustaqilligini, fuqarolar huquq va burchlarini ta’minlash maqsadida o‘z qomusini-Konstitutsiyasini ishlab chiqadi.Bizning davlatimiz ham o‘z qonun poydevoriga ega. 2022-yil Qomusimizning 30 yilligi butun O‘zbekiston bo‘ylab keng tarzda nishonlanmoqda. Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jonajon Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi borasida asosiy poydevor bo‘lib kelmoqda.

Mamlakatimizda Konstitusiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ong-u tafakkuri tobora o‘sib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.

Toshpo‘lat Allashev,

O‘z MTDP viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Deputatlar, deputatlik birlashmalari BPTlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i