Аrxivda saqlanayotgan sud hujjatlaridan nusxa berish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 2010 yil  15 iyunda qabul qilingan «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mamlakatimizda arxiv fondini shaklantirish, hujjatlarni hisobga olish va ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilash hamda xalqimizning ijtimoiy, ilmiy, madaniy axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida va sifatli ta                                                                                           minlashda muhim omil bo‘ldi.
               Arxiv fondi ikki guruhdan – davlatga tegishli va davlatga tegishli bo‘lmagan qismlardan iborat. Arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan, davlat mulki hisoblangan arxiv hujjatlari kiritildi. Nodavlat korxona, muassasa hamda tashkilotlar faoliyati natijasida yaratilgan doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlari davlatga tegishli bo‘lmagan qismga joylashtirildi. Nodavlat korxona, idora, muassasa va tashkilotlarning asosiy vazifasi qisman oid doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan davlatga tegishli bo‘lgan arxiv hujjatlarini, milliy arxiv fondi saqloviga topshirishdan iborat. Milliy arxiv fondi har yili fond tashkil etuvchi tashkilotlarning, jamlash manbalarining ro‘yxatini tuzadi. Bu ro‘yxatga davlat organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar kiritiladi. Biroq barcha jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalarning doimiy hujjatlarini davlat saqloviga olishning imkoni yo‘qligi bois saqlash hujjatlarini jamlash manbalari ro‘yxatiga davlatga arxiviga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilishi mumkin bo‘lganlarini ajratib olib, doimiy yoki vaqtincha arxiv hujjatlarini alohida saqlash vazifasi korxona, idora, muassasa va tashkilotlar zimmasiga yuklatildi. Bu davlat tashkilotlari, korxona va muassasalar zimmasiga, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ahamiyatga ega hujjatlarning saqlovini ta`minlash bo‘yicha qator mas`uliyatli vazifalarni belgilandi.
                O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi ifodalangan Nizom talablari hamda qabul qilingan tegishli qarorlar asosida davlat va nodavlat arxiv faoliyatiga foydalanuvchining so‘rovi bilan bepul amalga oshiriladigan xizmatlar, arxiv hujjatlaridan foydalanish, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni qog‘oz va elektron shaklda tegishli organlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etishni ta`minlash, ish yuritish faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatga saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va doimiy va uzoq vaqt (10 yildan ko‘proq) muddatga saqlanadigan hujjatlarni o‘z vaqtida davlat saqloviga topshirilishini ta`minlash vazifalarini amalga oshiradi. Bu vazifalarni belgilangan muddatlarda va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish borasidagi ishlarni bajarish uchun tegishli vazirlik va idoralar ruhsati hamda sud raisi buyrug‘i asosida sudning devonxona negizida Idoraviy arxiv faoliyati va arxiv ish faoliyatini olib borish uchun arxiv mudiri hamda arxivarius shtat birliklari tasdiqlangan.

  1. POYONOV,

Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi arxiv mudiri