KASANACHILIK TASHKIL ETGAN TADBIRKORLAR UCHUN SUBSIDIYA AJRATILADI

Olis va chekka tumanlarda joylashgan 252 ta mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari kasanachilikni tashkil etgan paytdan boshlab 3 oydan soʻng bir marotabalik subsidiyani ajratishni soʻrab, yozma ravishda Bandlikka koʻmaklashish markazi yoki YaIDXP orqali murojaat etishlari mumkin. 

  • Bir marotabalik subsidiya har bir kasanachi uchun uning bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida toʻlanadi (Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan).

 Shuningdek, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlarga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”  yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalarni хarid qilib berish harajatlarining 50% qoplanadi (biroq 15 BHMgacha). 

 Ma’lumot uchun: rejaga koʻra, ushbu subsidiya va mablagʻlarni toʻlash uchun har yili quyidagi miqdorlarda pul ajratilishi nazarda tutilmoqda:

  • Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan – 1,25 mlrd soʻm;
  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan – 5,4 mlrd soʻm.

 Hujjatbilan:

  • Jamoatishlarijamgʻarmasimablagʻlarihisobidanolisvachekkahududlardagimahallalardakasanachiliknitashkiletgantadbirkorliksub’yektlarigasubsidiyaajratishtartibitoʻgʻrisida;
  • Bandlikkakoʻmaklashishdavlatjamgʻarmasimablagʻlarihisobidantadbirkorliksub’yektlariga “Temirdaftar”, “Ayollardaftari”, “Yoshlardaftari”gakiritilganyoki “Ijtimoiyhimoyayagonareyestri”daboʻlganvakasanachilikbilanshugʻullanayotganfuqarolargaasbob-uskunalarхaridqilibberishхarajatlariuchunsubsidiyaajratishtartibitoʻgʻrisida;
  • Nodavlatta’limtashkilotlaridadavlatbuyurtmasiasosidakasanachilikfaoliyatibilanshugʻullanishistaginibildirganishsizvabandboʻlmaganfuqarolarnikasbgaoʻqitishtartibitoʻgʻrisidaginizomlartasdiqlanmoqda.

Qumqo’rg’on tuman Adliya bo’limiDavlat xizmatlari markazi etakchi mutaxassisi             MENGLIMURADOV SIROJIDDIN ISMOILOVICH