Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etiladigan nizolar

Bizga ma`lumki sud-huquq tizimini liberallashtirish munosabati bilan ko‘pgina qonunlarga va qonun osti hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Ho‘jalik-prosessual kodeksi qaytadan ishlab chiqilib, 2018 yil 24yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy-prosessual kodeksi nomi bilan tasdiqlanib, 2018 yil 1 apreldan amalga kiritildi. Yangi tahrirdagi Iqtisodiy-prosessual kodeksi Ho‘jalik-prosessual kodeksidan farqli ravishda, Ho‘jalik-prosessual kodeksidagi ayrim moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, ayrimlari chiqarib tashlanib, yangi moddalar hamda atamalar bilan mukammallashtirildi. Mazkur kodeksda, har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yohud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli ekanligi, shunga ko‘ra, mazkur kodeksning 26-moddasi bilan iqtisodiy sudlar tomonidan qanday ishlar ko‘rilishi belgilab qo‘yildi. Jumladan, ushbu modda talablaridan kelib chiqib, iqtisodiy sudlar tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to`g‘risidagi, shartnoma taraflari tomonidan ko‘rib chiqilishi sudga o‘tkazilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi, bitimni haqiqiy emas deb topishlaridagi, majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi, mulk huquqini tan olishdagidagi, mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning g‘ayri qonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi, intellektual faoliyatob’ektlarivafu?arolikmuomalasiishtirokchilarininghususiyalomatlariniaksettiruvchivositalar, tovarlar, ishlarvahizmatlargamulkiy?u?u?laribuzilganligi?a?idagi, mulkdorningyoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilganligi to‘g‘risidagi, zararning o‘rnini qoplash haqidagi, ishchanlik obro‘sini himoya qilish to`g‘risidagi, undirish so‘zsiz (akceptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb toppish haqidagi, agar qonunda jarimalarni so‘zsiz (akceptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda so‘zsiz (akceptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini byudjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, shuningdek pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, bankrot deb toppish to‘g‘risidagi hamda hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘ribchiqqadi.

Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jumlasiga da‘voni ta`minlash yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar, hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar, hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar kiradi.

Shuningdek, I?qtisodiy prosessual kodeksining 30-moddasi bilan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ham iqtisodiy sudlarga taalluqliligi belgilangan.

Korporativ nizolar boshqa nizolardan farqi shundaki, ushbu toifadagi ishlarda taraflar faqatgina yuridik shaxs emas, balki fuqarolar ham taraf hisoblanadi.

Bunday ishlar jumlasiga yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a`zolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar, bundan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a‘zolarining paylarini o‘z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno, yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a‘zolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb toppish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo’llash haqidagi da`volari bo‘yicha nizolar, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo’shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo‘yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog‘liq nizolar, qimmatli qog‘ozlarni nominal saylovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, qonundan azarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va (yoki) ularningmuomalasimunosabatibilan?immatli?o?ozlarning nominal saylovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar, yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi nizolar, yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar kiradi.

Shu bilan birga, sud qarorlarini qayta ko‘rish institute takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 12 yanvaridagi qonun bilan IPKga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, investisiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar hamda raqobatga oid ishlari itisodiy sudlar tomonidan ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to`g‘risidagi nizolar ham iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladi. Ular jumlasiga, tadbirkorlik faoliyatini va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha chet davlat sudlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi, tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha chet el arbitrajlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar kiradi.

O‘zining buzilgan huquqini qonuniy himoya qila olish fuqarolar, davlat organlari, tashkilotlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari uchun muayyan bilim va ko‘nikmalar mavjud bo‘lishini talab etadi. Bunga erishish esa, ular uchun eng qadrli bo‘lgan vaqti va mablag‘ining tejalishiga olib keladi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga barham beradi.

SH. G‘OZIYEV,

Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi   sudyasi