YOSHLAR DOIMO E`TIBORDA

Bu yil 11 aprelda Prezidentimiz raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan vidioselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar faoliyatini tashkil etish va jalb qilinayotgan resurslar samaradorligini oshirish maqsadida mutlaqo yangi tizim joriy qilindi. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi yoshlarni kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini ta`minlashga xizmat qilish ta`kidlandi.

Shunga asosan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi to‘rtta sektor rahbarlari bilan birgalikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy og‘ir toifadagi yoshlarga subsidiya asosida 20 ta payvandlash apparati va 10 ta tikuv mashinasini topshirdi. Yoshlarning kasb-hunar bilan band bo‘lishi uchun berilgan bu moddiy boyliklar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi va vasiylik kengashi mablag‘lari hisobidan olib berildi. Jumladan, 4-sektorda Elobod mahallasidan Boysoat Lolayev, Jiydali mahallasidan G‘ulomxon Qiyomov, Munchoqtepa mahallasidan Sardor Boboqulov, Besh qahramon mahallasidan Ulug‘bek Hamroyev, Hunarmandlar mahallasidan Soatmurod Ahmedov –  payvandlash apparati, Jarqishloq mahallasidan Sarvinoz Xolboyeva, Mehrobod mahallasidan Nodira Abillayeva – tikuv mashinasi oldi. Bu ezgu ishlar natijasida yoshlarning kasb bilan band bo‘lib iqtisodiy manfatdorligini oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan, “Yoshlar davtari”, “Ayollar daftari”, “Temir davtar”da turgan 322 nafar yoshga yangi turdagi ID karta pasportlari olib berildi.

Shuningdek, bu yil hisobidan yoshlarga 34 ta haydovchilik guvohnomasi olishida yordamlashildi. 68 ta asbob-uskunalari, 54 ta holatda davolanish harajatlari uchun pul berildi. 20 nafar yosh uchun safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badallari o‘tkazildi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish vazifalari izchil amalga oshirilmoqda.

                                                            N. MUHAMMADIYEV