XIZMATGA YARASHA TIBBIY KO‘RIK

Har qanday sohada jismonan sog‘lom va ma`nan yetuk kadrlar bilangina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ushbu talablar  chegara qo‘shinlari uchun esa alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari hamda soha faxriylarining sog‘ligini mustahkamlash, davolash, qayta tiklash ishlariga alohida e`tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son Farmoni hamda 2020 yil 12 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta`minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891-son qaroriga muvofiq tibbiy sohaga doir ishlar amalga oshirilayapti.  Tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari  Surxondaryo viloyati Chegara qo‘shinlari harbiy qismlaridan birida chegarachilar va ularning oila a`zolari, nironiylarni  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ularga aniq tashxis qo‘yish uchun zarur tibbiy sharoyitlardan foydalanishdi. Tibbiy-ko‘rik jarayonida kasalliklari aniqlangan xodimlarning salomatligini tiklashlari uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

                                                                Firdavs To‘rayev,

                                                                 harbiy xizmatchi