ICHKI YO‘LLAR ASFALTLANDI

Mahallalarning obod, aholining xursand yashayotganligi ishki yo‘llarning tekis va ravon bo‘lishida bilinadi. Davlatimiz rahbari 2022-2023 yillar davomida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga quyi tizimlarda mehnat qilayotgan mutaxassislarning e`tiborini qaratdi. Ayni paytda barcha orziqib kutayotgan muhim ishning natijasida Jiydali mahallasidagi 3550 metr ichki yo‘llar asfalt qilindi. “Surxondaryo Mintaqaviy yo‘llar buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmasi asosida “Transport yo‘l loyiha” MCHJ  arxitektorlari loyihalash ishlarini bajardi. “Surxondaryo IQT” MCHJ bunyodkorlari bosh pudratchi sifatida qurilishni amalga oshirdi. Natijada Mehriobod, Obod, Ahmad Yassaviy, Mirza Ulug‘bek, Navbahor ko‘chalariga 4,5 metr enlilikda asfalt to‘shadi. Hozir bu yo‘llarda avtomobillar va yo‘lovchilar erkin qatnayapti.

                                                                                                                                 N. MUHAMMADIYEV