Tuman hokimi “Surxon sohili” mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi

Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov haftalik ish rejasiga muvofiq tumanda mavjud ishlab chiqarish korxonalar faoliyatini o‘rganish maqsadida “Surxon sohili“ mahallasida joylashgan kichik sanoat zonalariga tashrif buyurdi.

Umumiy yer maydoni 0,55 gektar bo‘lgan loyiha qiymati 4,7 mlrd so‘mlik ushbu kichik sanoat zonasida 8 ta tadbirkorlik subyektlari o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 54 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan.

O‘rganish ishlari dastlab «KUMKURGAN INTER TRADE» MChJga qarashli achchiq bodom yog’i ishlab chiqaradigan zavodi bo‘ldi. Tuman hokimi zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng «IDEAL TOSHPO‘LATOVLAR» MChJga qarashli oqqand va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi. Umumiy qiymati 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu korxona o‘tgan yili mart oyida ishga tushurilgan. Hozirgi kunda korxona oqqand mahsulotini ishlab chiqarmoqda. 5 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

So‘nggi manzil “Faravon Qurilish” MCHJga qarashli betondan kolodes va bruchatka ishlab chiqarish sexiga tashrif buyurib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo‘yicha tavsiya berib o‘tdi.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati