Shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan voqea yuz berdi. Mazkur konstitutsiyaviy islohot o‘z vaqtida o‘tkazildi, deb hisoblayman. Chunki taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan xalqimiz uchun har tomonlama rivojlanishni ta`minlaydigan mukammal huquqiy poydevor kerak edi. Biz ana shunday zarur hujjatga ega bo‘ldik.
Yangi Konstitutsiyada inson huquqlari va davlatning ijtimoiy sohalar bilan bog‘liq majburiyatlariga oid normalari kengaytirilgan. Ayniqsa, shaxsiy hayot va oilaga bo‘lgan huquqlar, uning sha`ni va obro‘sini himoya qilish, shaxsiy hayot sirlari to‘g‘risidagi normalar hammaga ma`qul tushdi.
Xuddi shunday fikrlarni yangilangan har bir modda yoki norma haqida aytish mumkin.
Konstitutsiyamiz O‘zbekiston xalqini barcha sohalarda taraqqiyotning yangi marralariga olib chiqadi, deb ishonamiz.
Toshpo‘lat Allashev,
O‘zMTDP Surxondaryo viloyati Kengashi Deputatlar, deputatlik birlashmalari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i