Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Agrotexnologiyalar texnikumida  ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Ochiq eshiklar kunida tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun yoshlarni kasb-hunarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida “Kasblar festivali”, kasb-hunar maktabi bitiruvchilarini va uyushmagan yoshlarni ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkasi, Davlatimiz rahbari ilgari surgan “Beshta tashabbus” doirasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida harbiylar ishtirokidagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar esa o‘zlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni namoyish etishdi. Qolaversa, kitob yarmarkasi ham tashkil etildi. Kasb-hunar maktabining o‘quvchilari esa o‘zlarining qo‘l mehnatlari bilan yaratgan ishlarini namoyish qildi.

Tadbirni Agrotexnologiyalar texnikumi direktori I. Samadov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib o‘tildi. Kasb-hunar maktabi bitiruvchilariga kasb-hunar o‘rganishda, kelajakda qaysidir sohaning egasi bo‘lishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Ochiq eshiklar kuni sport va harbiy vatanparvarlik tadbirlari bilan davom etdi.

  Rayhon Mengziyayeva