O‘ZBOSHIMCHA YER O‘ZLASHTIRISH JINOYAT

Jamiyatimizda fuqarolarning yerga nisbatan mulkdorlik huquqi qonuniy asosda belgilangan. Ularga yer ajratish tartibi mavjud. Tegishli tashkilotlarning ruxsatini olmasdan yerga egalik qilganga chora ko‘riladi.

Tumandagi “Jaloir” mahallasi hududidagi “Nozim Sherzod bog‘i” fermer xo‘jaligida o‘zboshimchalik bilan yerni o‘zlashtirish holati sodir etildi. Bog‘dorchilikka ixtisoslashgan bu fermer xo‘jaligining yer maydoni 5,4 gektardan inorat bo‘lib, J. S. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) shu mehnat jamoasida ishlarni bajarib kelgan. U oilasida ko‘pchilik yashaganligi uchun boshqa yerda uy qurib ko‘chib chiqishga ehtiyoj sezgan. Ezgu maqsadini noqonuniy xatti-harakat bilan amalga oshirgan. 2012 yildan buyon 0,14 gektar sug‘oriladigan yer uchastkasidan foydalanib kelgan. Shu yer maydonida 4 xonali uy qurish maqsadida 17,0 x 7,0 metr hajmda beton poydevor qurgan. Uy qurilishini boshlagan. 

Kadastr agentligi tuman bo‘limi xodimlari, mahalla raisi kelib fuqaroga bu joyda uy qurmaslikni aytib ogohlantirgan, ber nechta hujjatlarni rasmiylashtirishgan. Haqiqatda bu yer shu fuqaroga tegishliligini isbotlovchi birorta hujjat bo‘lmagan. Bir oylik imtiyozli muddat o‘tsa ham yer qonuniy egasiga qaytarilmagan, qurilish buzulmagan. 2023 yil 9 mart kunidagi dalolatnoma tuzilib o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirilgan yer fermer xo‘jaligiga qaytarildi. Qurilgan poydevor buzib tashlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi o‘z binosida va Kadastr agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi binosida sayyor sud majlisi o‘tkazib, bu jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Sudlanuvchi, fuqaroviy da`vogar va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tingladi. Yerni o‘zlashtirgan fuqaroni aydli hisobladi. Sutkaning kech soat 22.00 dan ertalab 6.00 ga qadar Jaloir mahallasidagi yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Tuman IIBning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik va viloyat hududidan tashqariga chiqmaslik majburiyati yuklandi.

                                                  K. TO‘RAQULOV,

      Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining yordamchisi