Ma`naviyat oyligi davom etmoqda

Ma’naviyat hamisha, hamma zamonlarda, avvalo, inson kamolotiga, odamlar qalbida ezgu fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonning yangi uyg‘onish davrini yaratishga kirishar ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ma’naviyat shu’lasi porlashi va u bizni ezgu ishlarga undab, yuksak mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etib turishi zarur”. Jamiyatdagi ma’naviy yangilanishlar har bir insonni qalban-ruhan ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi. Bu yo‘lda milliy g‘oya, milliy ma’naviyat har bir xalqning amaliy dasturiga aylanadi. Bugungi kunda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ulug‘vor maqsad kun tartibiga qo‘yildi. Taraqqiyotning yangi davri talablari asosida mamlakatimizda amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kunidagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori, Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida 100-son Farmoyishi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 29-aprel kunidagi 39-son Farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-may kunidan 31-may kunigacha Vazirlik tizimida “Ma’naviyat oyligi” deb e’lon qilinishi zamirida katta e’tibor yotganini anglash mumkin. Ushbu oylik davomida “Kitobxonlik haftaligi”, “Yosh kitobxon”, “Kodeks bilimdoni” ko‘rik-tanlovlari, “Ichki ishlar organlari kutubxonasiga bir juft kitob” aksiyasi tashkil etish, “Kodeks amalda” ruknida videoroliklar tayyorlash, “Teatr va kino haftaligi”, “San’atda havaskor iste’dodlar” jamoalar vakillari chiqishlari, “Uch avlod uchrashuvlari”, “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etishni chora-tadbirda belgilab berilgan.

O‘zbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, viloyat “Janub posboni” gazetasi, “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi ofitser va serjantlari bilan hamkorlikda ijodiy-madaniy, uch avlod uchrashuvlari tashkil etildi. Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad xalqimiz, yoshlarimiz hozir yangicha fikrlayapti. Endi ma’naviy tadbirlarda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha yangi zamonaviy targ‘ibot texnologiyalariga o‘tishimiz kerak. Odamlarga dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati haqida ham har tomonlama chuqur ma’lumot va tushunchalar berib borish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, inson ma’naviyati o‘zgarib turadi. Shunday ekan, ma’naviyat ishi biz uchun har kuni, har soatda, kerak bo‘lsa, har nafasda shug‘ullanishimiz lozim bo‘lgan hayotiy muhim masalaga aylanishi kerak. Bu sohada kichkina, arzimagan ishdek tuyulgan holat ham ertaga katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma’naviyat sohasida biror bir ishni qilib bo‘ldim, deb xotirjamlikka berilish yaramaydi. Mana shuni hammamiz yaxshi anglab olishimiz kerak.

                 H. PARDAYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan

              SH. MAMADIYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman Ma’naviyat va ma’rifat  bo‘linmasi rahbari