Davlat xizmatlari markazlari orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin

Davlat xizmatlari markazlari orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Hukumat qarori (http://old.lex.uz/docs/-5649119) bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.

Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida kiritiladi, hamda 10 ish kunida hujjatlar konseptual jihatdan ko‘rib chiqiladi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

Ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsient miqdori;

Ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

Faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

Rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori.

Yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorni g‘olib deb topiladi.

Muhim ma’lumot: Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar, tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Sh.Bo’tayev
Qumqo’rg’on tuman DXM rahbari