Tuman Kengashining sessiyasi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on  tuman kengashining 62-sessiyasi o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilot mutasaddilari va rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Normamatov raislik qildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Jovli Shopo‘latov axborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti eshitildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on  tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri To‘xtayev Rustam To‘rayevichning  fuqarolardan kelib tushgan  murojaatlar va ularning hal etilishi haqida ma’lumotlari tinglandi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlari qabul qilindi.