BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega deganda nimalar tushuniladi, uning ahamiyati qanday?

Konstitutsiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri-uning  oliy yuridik kuchga ega ekanligidir.Shu bois yangi tahrirdagi  Konstitutsiyaning 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, degan ustuvor qoida belgilandi. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega deganda – qonunchilik hujjatlarining tizimida eng yuqori o‘rinda  turishi hamda uning boshqa har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi tushiniladi.

                                                          Nargiza Abdullayeva,

Qumqo‘rg‘on tumani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius