ISH IZLAB FIRIBGARGA DUCH KELGANLAR

Ommaviy axborot vositalarida chet elga ishga jo‘natish bilan bo‘g‘liq jinoyatlar fosh etilayotganligi haqida ko‘p marta xabarlar berilmoqda. Bundan fuqarolar o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligi nazarda tutilgan. Shunga qaramasdan bu turdagi jinoyatlarni sodir etayotgan fuqarolar hamon uchrayapti.

1983 yil 24 mayda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, Joziba mahallasida yashagan Q. G. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) avval sudlanib, jazolanganidan kerakli xulosani chiqarmadi. O‘zga shaxslarni aldash, ishonchini suiiste`mol qilib, ularning mulkini yoki mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritish bilan shug‘illandi. Og‘ir turdagi xavfli residiv jinoyatni takroran, qasddan sodir etdi. Jumladan, Yangiyer mahallasida yashovchi S. B. ga (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) Chexiya davlatiga ishga yuborishni va`da qilib 2021 yil dekabr oyida 1100 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘ini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarfladi. Bundan tashqari, Jiydali mahallasida yashovchi R. N. dan (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) ham Chexiya davlatiga ishga yuborish vaji bilan 1200 AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik usulida oldi. Shuningdek, Jiydali mahallasida yashovchi E. T, Azlarsoy mahallasida yashovchi F. D,  Mustaqillik mahallasida yashovchi R. A. (ismlari, familiyalari o‘zgartirildi) ning har biridan 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni ham shu tariqa olib, o‘z manfaatilari uchun harajat qildi. Firtibgarning tuzog‘iga ota-onalar, fuqarolar tushdi. Nafs balosiga yo‘liqqan shaxs esa odamlarning ishga joylashish ehtiyojidan ustamonlik bilan foydalanib aldov, ishonchni suiiste`mol qilish, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish kabi illatlarni takroran sodir etdi.

Huquq himoyachilari firibgarning qora ishlariga nuqta qo‘ydi. 2023 yil 9 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi va Termiz shahar 9-sonli tergov hibsxonasi bilan videokonferensaloqa rejimida ochiq sud majlisida shu jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Da`vogarlar, guvohlar, sudlanuvchining ko‘rsatmalari, hujjatlar va dalillar asosida firibgarning qilmishlarini fosh etdi. Aybdorga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlash bo‘yicha hukm qildi.

                                                             O. ERGASHYEV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani sudi raisi