Respublikamiz miqiyosida hozirgi kunda yirik-yirik qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish O‘zbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmog‘iga ko‘ra qurilish sanoat va qishloq xo‘jaligidan keyin 3-o‘rinda turadi. 2003-yilda yalpi ichki mahsulotning 4,5 foizi (2002-yilda 6,1 %), xalq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8 foizi (11,9 ming) qurilish hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qurilish xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga xizmat ko‘rsatib, asosiy fondlarini qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlaydi. Xalq xo‘jaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish, bo‘sh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yordam beradi. Respublikada qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xo‘jalik usullarida olib boriladi. Pudrat va xo‘jalik usulidagi qurilishni va mantaj ishlarini, shuningdek, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar, loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari, foydalanishga topshirish va razvedka parmalash tashkilotlari amalga oshiradi.
Hozir yurtimizdagi qaysi manzilda bo‘lmang, albatta, qurilish va bunyodkorliklar ustidan chiqamiz. Qurilish, me’morchilik haqida gap ketar ekan, unda quruvchilar mehnati va xavfsizligini alohida ta’kidlash lozim. Afsuski, tumanimiz hududida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlarida ishlab kelayotgan quruvchilarda bir qancha qurilishda xavfsizlik qoidalariga amal qilmayotganliklarini ko‘rishimiz mumkin.
B. USMONOV,
Qumqo‘rg‘on tumani FVB Normativ-texnik bo‘linmasi boshlig‘i, leytenant