Voyaga yetmagan shaxslarning javobgarlik xususiyatlari

Jinoiy javobgarlikka tortish uchun shaxsni voyaga yetmagan shaxs deb topish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qoidalariga muvofiq jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxs, lekin o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxs tushiniladi.

Shaxsning muayyan bir yoshga (14, 15, 16, 17 yoshdan 18 yoshgacha) to‘lganligi muhim ahamiyatga ega emas, biroq sudlar tomonidan jazoni individuallashtirishda hisobga olinishi kerak. Yoshi kichik ayblanuvchilarga yengilroq, yoshi kattalariga esa og‘irroq jazo qo‘llanilishi lozim. Har qanday holda ham sud voyaga yetmagan shaxsga jazo tayinlashda belgilangan jazo turidan birini tanlashi kerak. Voyaga yetmagan shaxs deganda, jinoyat sodir etgunga qadar  o‘n olti yoshga to‘lgan, ammo o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi XV bobida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo va uning tayinlash asoslari berib o‘tilgan. Unga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: a) jarima; a1) majburiy jamoat ishlari; b) axloq tuzatish ishlari; v1) ozodlikni cheklash; g) ozodlikdan mahrum qilish. Biroq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.

Jazo turlariga to‘xtaladigan bo‘lsak. Avvalo, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima jazosi bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Biroq mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxs jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa sud to‘lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarima  mumkin emas. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanib, ushbu jazo turi jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan: b) og‘ir jinoyat uchun — olti yilgacha; v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan: b) og‘ir jinoyat uchun — yetti yilgacha; v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, sudlar tomonidan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, xususan, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.

                    I. UMAROV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi