Besh tashabbus – besh imkoniyat

Tumandagi 20- maktabda «Besh tashabbus – besh imkoniyat» shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida maktab foyesida tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi, maktab o‘quvchilarining qo‘l mehnatlari,hunarmandlik san’ati namunalari,milliy qo‘g‘irchoqlar va kiyimlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Jonli ijrodagi musiqiy chiqishlar, chet tilidagi qo‘shiqlarning kuylanishi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik,taekwando to‘garagi o‘quvchilari ko‘rgazmali chiqishlar qilishdi.Tadbir davomida qayd etilishicha, yurtimizda yoshlar kasb tanlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Festivalning asosiy maqsadi – yoshlarning ma’naviyatini oshirish, ularning iqtidor va iste’dodlarini aniqlashdir.Tadbir yakunida besh muhim tashabbus doirasida o‘z iste’dodlarini namoyish etgan o‘quvchilarga hamda faol qatnashgan o‘qituvchilarga tuman ma’naviyat bo‘linmasining   tashakkurnomalari  topshirildi.

D. Mo‘minova,

                                       tuman Kengashi deputati