TANIQLI QIZIQCHI KULGU ULASHDI

Samimiy kulgu insonni hayotdan zavqlanishga o‘rgatadi. U inson umrini uzaytirish bilan bir qatorda, depressiyani davolaydi va stressdan juda yaxshi xolos etadi. Kulgu ustalarining quvnoq hangomalari insonga xush kayfiyat ulashishi tabiiy. Termiz tumanida joylashgan DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida yigitlik burchini o‘tashga kirishgan yosh askarlarning harbiy xizmatga qiziqishini oshirish, kayfiyatini ko‘tarish hamda madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida konsert dasturi uyushtirildi. Unda taniqli so‘z ustasi Avaz Ohun ishtirok etib, o‘zining hazillari va turli ko‘rinishdagi qiziqarli chiqishlarini taqdim etdi. Shuningdek, Termiz tumani hamda Termiz shahri Madaniyat va turizm bo‘limining iste’dodli sanyotkorlari ham yig‘ilganlarga o‘z ijod namunalarini namoyish etishdi.

                                             S. XOLMAMATOV,

                                                harbiy xizmatchi