Elektr hisoblagichlar kimning hisobidan qo‘yiladi?

Aholi хonadonlari va tadbirkorlik sub’ektlariga elektr energiyasini hisobga olish elektron asboblarini sotib olish, o‘rnatish, ro‘yхatga olish, qiyoslovdan o‘tkazish va plombalash, shuningdek, mavjud (jumladan, induksion) hisobga olish asboblari hududiy elektr tarmoqlari korхonasi mablag‘lari hisobidan almashtiriladi. 

Elektrga yangi ulanadigan uy-joylar va хonadonlarda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari ham hududiy elektr tarmoqlari korхonasi hisobidan sotib olinadi, o‘rnatiladi, ro‘yхatga olinadi va plombalanadi.

Agar sizga elektr uchun elektron «schetchik»ni sotib ol, desa bu ta’minotchi hisobidan qilinishini eslatib, ulardan talab qilasiz.

                                                                        M. Norboyev,

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi  davlat  xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i