Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangiyer” mahallasida joylashgan 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Anvar Normamatov 1-sektor hududidagi mahallalarda xatlov jarayonida qizil (profilaktik nazoratda olingan, provatsiyada turgan, yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan, nogironligi bor, muntazam darslarni qoldiruvchi, migratsiyadan qaytgan) toifadagi yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuvga kelgan yoshlar muammolari yuzasidan tuman hokimiga murojaat yo‘llab, o‘z muammolariga yechim topishdi.