Fuqaro murojaatlari ijrosi ta`minlanmoqda

Qumqo‘rg‘on tuman hokimi A. Normamatov “Yangiyer” mahallasida joylashgan 20-Bolalar musiqa va san’at maktabida fuqarolar bilan   sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar mas`ullari, mahalla raislari va uning o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Qabulda ko‘tarilgan imtiyozli kredit olish, ekin yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash, bandlikni ta`minlash, ichki yo‘llarni ta`mirlash, tungi chiroqlar o‘rnatish,  bo‘shagan yer maydoniga qayta ekin ekib daromad olish uchun yer ajratish, moddiy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash va shu kabi  fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar mas`ullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha tekshirish talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga oid choralar belgilab olindi.

                                                                                    Rayhon Mengziyayeva