ASOSIY MAQSADIMIZ YURT TINCHLIGINI TA`MINLASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12-dekabr kunidagi PQ № 4060-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta`minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish va xavfsizligini ta`minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

Surxondaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasining Qumqo‘g‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan ham bugungi kunda mazkur qarorning ijrosi doirasida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Qumqo‘g‘on tumanidagi bozor, savdo shoxobchalari, ta`lim muassasalari hamda fuqarolar yig‘inlarida aholi o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinayapti. Tadbirlar davomida fuqarolarga yashash uylarini hamda tadbirkorlik obyektlarini qo‘riqlovga topshirish yuzasidan o‘zimizning tegishli taklif va tavsiyalarimizni berib borayapmiz. Aytish kerakki, har bir fuqaro o‘z xotirjamligi, mol-mulki daxlsizligi borasida e`tiborli bo‘lishi xavfsizligining muhim kafolatidir. Shu boisdan ham xonadonlarini qo‘riqlovga topshirish fuqarolarga qator qulayliklarni yaratadi. E`tiborlisi, mol-mulkini o‘ylab xavotirga tushmaydi. Amalga oshirayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolar xonadonlarini qo‘riqlovga topshirish istagini bildirishmoqda. Shuningdek, aholi gavjum hududlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda joylarda amalga oshirilayotgan “Xavfsiz shahar”, ”Xavfsiz xonadon” va ”Xavfsiz turizm” konsepsiyalarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma`lumot berilmoqda.

Bugungi kunda Qumqo‘g‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limining Texnik qo‘riqlash punkti tomonidan qo‘riqlanayotgan 157 ta xalq xo‘jalik obyekti hamda 108 nafar fuqaro xonadonlari ishonchli qo‘riqlanmoqda. Shuningdek, tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarining oldini olish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni qo‘lga olish borasida ham boshqarmaning Qumqo‘rg‘on tumani Qo‘riqlsh bo‘limi xodimlari o‘zining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. 2023 yil boshidan hozirga qadar xodimlar tomonidan tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalar binolarida mayda o‘g‘irlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to‘g‘isidagi kodeksining 61-moddasiga asosan 17 nafar shaxs ushlanib, 1247572 so‘mlik yetkazilgan zararlar egalariga qaytarilib huquqbuzarlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

                                                                          N. PANJIYEV,

Qumqo‘rg‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri, leytenant