TARTIB QOIDALARGA AMAL QILING

Xonadonda bir kun gaz bo‘lmasa, kayfiyatimizga ta’sir qilishishini har birimiz yaxshi bilamiz. Zudlik bilan tarmoq xodimlariga qo‘ng‘iroq qilib, holatni o‘rganamiz. Ammo shu gaz xonadonlarga tabiiy gazni yetkazilib berilishidagi mashaqqatli jarayon, gaz quvurlari o‘tgan joylarda mavjud xavfdan ogoh bo‘lish haqida har doim ham o‘ylayvermaymiz to‘g‘rimi?

Barchaning yoshligidagi maqsadi chiroyli xonadonlar qurib yashash. Bu uchun mehnat qilamiz daromad topamiz orzu va maqsadlarimizni amalga oshirishni boshlaymiz. Bu ishlar zamirida sinchikovlik juda muhim. Birinchi va oxirgi shart tanlagan yerimiz xavfsizlik nuqtaiy nazaridan talabga javob beradimi? Mushohada qiling.

Yer osti o‘rta va past bosimli gaz quvurlari xavfsizlik darajasi yuqori inshootlardir.

1.      Gaz quvurlari yo‘nalishida ikki tomonga belgilangan masofa: past bosimli 2 metr.

2.      O‘rta bosimli 4 metr.

3.      II toifali yuqori bosimli 7 mert.

4.      I toifali yuqori bosimli 10 metr.

Ta’kidlash lozimki, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga ko‘ra, inshootlarning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi kerak. Shaharsozlik normalari va qoidalariga (SHNK) muvofiq, ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan 4 metr masofani tashkil qilishi lozim.

Gaz tarmoqlarining muhofaza qilinadigan hududlariga tushgan yer uchastkalariga majburiyatlar yuklanishini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hududda har qanday imoratlarni qurish, gaz quvurlarini to‘sish va atrofini to‘sib qo‘yish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, olov yoqish va yong‘in manbalarini joylashtirish taqiqlanadi.

Agarda yuqoridagi qoidalarga amal qilmagan holda uyingizni, savdo markaz yoki ko‘p qavatli uy qurilsa bilasiz nima sodir bo‘lishini. Gaz quvurining aynan o‘zida qurilganligi sababli, yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmay qoladi. Siz qurgan majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metal quvurlarning tashqi korroziyasi va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘ladi.

Shunday ekan hurmatli iste’molchi yuqoridagi tartib qoidalariga doim amal qilish lozimligini esdan chiqarmaslik kerak. Bu sizga va yaqinlarigizning sog‘ligi uchun juda muhim hisoblanadi.

Buni to‘g‘ri tushunish va belgilangan me’yorlarga rioya qilish har birimizning burchimizdir.

Qachonki, biror joyda gaz sizib chiqib, kimdir moddiy zarar yoki insoniy talafotga yo‘liqqanda aybdorni qidirgandan – xatarning oldini olgan yaxshiroq. Magistral gaz quvurlarining atrofida o‘ta ehtiyotkorlik zarurligi, belgilangan maydonlarga daxl qilmaslik esa har birimiz uchun shart ekanligini unutmaslik zarur.

     «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati