JAHOLATGA QARSHI MA`RIFAT

Jaholatga qarshi kurashda eng samarali vosita ma`rifatdir. Ma`rifat inson qalbida ziyo nurini alangalatib, uning Hazrati Inson ekanligini eslatib turadi. Ma`naviyat va ma`rifat bashariyat farovonligining asosiy omilidir.

Shu bois inson ma`naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish hamda jahon ilm-fani yutuqlari, umumbashariy taraqqiyot tajribalari asosida yovuz, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma`rifat bilan kurashda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyo tamadduniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan, zo‘ravonliklardan omon chiqqan milliy-ma`naviy qadriyatlar, yuksak axloqiy fazilatlar keng quloch yoyayotgan texnologik inqilob, axborot kommunikatsiyalari asrida rivojlangani, olomon madaniyatining ortidagi ulkan kuchlar tomonidan yo‘q qilib tashlashga urinilayotgani ham bor gap. Shu bois bugungi kunda oltinga teng ma`naviyatimizni asrab-avaylash dolzarb vazifaga aylangan.

 Milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, dinimizga hurmat, globallashuv zamonida har bir ayolning oiladagi ayniqsa, farzand tarbiyasidagi o‘rni, farzandlarimizning tarbiyasida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning ta`lim-tarbiyasiga e`tiborli bo‘lish, bunda u ta`lim olayotgan muassasa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi lozimligi, farzandning qiziqishlari, iste`dod va iqtidorini qo‘llab quvvatlagan holda uning zararli odatlardan olib qolishimiz shu bilan birgalikda vaqtimizni g‘animat bilib, o‘zimizni ham bolalarimizni ham ilm, kasb-hunar, sport va manfaatli ishlar bilan mashg‘ul qilishimiz barchamiz uchun  foydalidir.

Chunki xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishlariga bog‘liq. Farzandlarimizga Vatan, millat va diniga muhabbatli bo‘lish hissinini uyg‘otish, hiyonat, sotqinlik, beparvolik kabi illatlarga “Jaholatga qarshi ma`rifat” bilan qarshi kurashishni shakllantirish lozim.

                                       SH. MAMADIYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi rahbari