Qumqo‘rg‘on tumani 33-sonli umumta’lim maktabida «Yangilanayotgan Konstitutsiya» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. To‘laboyev, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i, maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi boshlig‘i, maktab direktorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, asosiy qonunimizda aks etgan, inson huquq va erkinliklari, ta’lim, ijtimoiy soha, parlament, sud organlari va hokimiyat tizimi faoliyatiga doir yangi konstitutsiyaviy normalar xususida ham so‘z yuritildi.
Yakunda tadbir ishtirokchilari Yangilanayotgan Konstitutsiya borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu jarayonda faol ishtirok etishni ta’kidlashdi.
Q. Chorshanbiyev,
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri