KO‘KLAMGI ISHLAR

Bu yilgi qish fasli o‘zgacha kechdi. Ob-havoning iliq kelishi tabiatga ham o‘z ta`sirini o‘tkazdi. Yog‘ingarchiliklarning kam bo‘lganligi, quyosh tevarak-atrofga har qachongi qishga qaraganda ko‘p nurlarini sochdi. Ob-havoning iliqligi insonlar qalbiga g‘ayratni, jismoniy mehnat qilishni olib keldi. Natijada tumanning bir qator tashkilotlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi. Tashkilotlarning xodimlari ma`muriy binolari oldidagi yerlarni, daraxtlarning tagini yumshatish, shakl berish, oqlash, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish, ariqlarni tozalash, ta`mirtalab yo‘laklarni betonlash kabi ishlarni bajarmoqda.

Tashkilotlarda   “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Qumqo‘rg‘on tuman madaniyat bo‘limiga qarashli 68-, 69-madaniyat markazlaridagi yerlarga xodimlar tomonidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasida obodonchilik  ishlari amalga oshirildi. Aholi vakillari ham umumxalq ishida qatnashmoqda. Tomorqalarida mehnat qilib, mevali ko‘chatlarni ekayapti. Hozirgi harakat kelgusidagi rizqiro‘z, baraka ekanligi ularga kuch bag‘ishlayapti. 

                                                                                                N. MUHAMMADIYEV