YUK TASHISH VA SHATAKKA OLISH QOIDALARIGA RIOYA QILING

Avtomobil yo‘llarida harakatlanishda yuk tashish va shatakka olish qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Bu transportlarni haydovchilar, yo‘lovchilar, aholi vakillari hayoti, yuklarni nes-nobud qilmasdan tashish uchun juda muhim hisoblanadi.

2011 yil 26 apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonunning 1251-moddasidagi yuk tashish qoidalarini, huddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish, huddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishdan chetga chiqish holatlari sodir etilganda fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarimaga solishga yoki transport vositasini boshqarish huququdan olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun mas`ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga esa eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

                                                                                                       Davron CHORIYEV,

Qumqo‘rg‘on tumani MXMKCHB inspektori, katta serjant