Hurmatli tumanimiz aholisi va mehmonlar diqqatiga!

Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar, jumladan, yong‘inlar, mahsulotlardan zaharlanishlar hamda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va Fuqaro muhofazasi tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yilning 1-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Respublikamiz hududida “Fafqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlarni eng muammoli hududlardan boshlab amalga oshirilishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Hududiy Favqulodda vaziyatlar quyi tizim xizmatlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, dahldor tashkilot va idoralar jalb qilinmoqda.

Aziz yurtdoshlar, turli xildagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq nohush holatlarning oldini olishga qaratilgan mazkur tadbirlarda faol ishtirok etaylik.

                                             A.       TOSHTEMIROV,

Qumqo‘rg‘on tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari,  kapitan