Qumqo‘rg‘on tumani hokimi A. Normamatov “Neftchilar” mahallasi hududida ehtiyojmand xotin-qizlarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida 50 ta xonadonli ko‘p qavatli ijtimoiy turar-joy binosining qurilish ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi. Tuman hokimi turar-joyning sifatli qurilishi, istiqomat qiladigan oilalar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish lozimligini ta’kidladi. Jamiyatda xotin-qizlarning baxtli hayot kechirishlari uchun barchamiz mas’ulmiz. Xotirjamlik bor xonadonda baxt to‘kis bo‘ladi.Uy-joyga ehtiyoji bor xotin-qizlar tumanimizda bosqichma-bosqich uy-joy bilan ta’minlanishi davom etadi.